Ichki ishlar xodimi hokimlikka tayinlandi
Bugun xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Shu paytgacha Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan Shuhratjon Azimjonivich Mo‘minov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimiz raisligida joriy yil 8-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona tumani hokimi Ilhomjon Nosirov egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter