Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston armiyasining maxsus operatsiyasi vaqtidagi qo‘pol xato tufayli 14 kishi halok bo‘ldi

Hindiston armiyasining maxsus operatsiyasi vaqtidagi qo‘pol xato tufayli 14 kishi halok bo‘ldi

Foto: «AP Photo / Mukhtar Khan»

Hindiston armiyasining mamlakat sharqida Nagalend shtatida o‘tkazgan maxsus operatsiyasi paytida 14 kishi, jumladan, 13 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, deb xabar berdi 3-armiya korpusi matbuot xizmati.

«Isyonchilarning ehtimoliy harakati haqidagi ishonchli razvedka ma’lumotlariga asoslanib, Nagaland shtati Mon okrugi Tiru tamunida operatsiya o‘tkazish rejalashtirilgandi. Ushbu hodisa va uning oqibatlaridan chuqur afsusdamiz. O‘lim sabablari yuqori darajada o‘rganilmoqda va qonunga muvofiq tegishli choralar ko‘riladi», — deyiladi xabarda.

Armiya hodisa natijasida bir necha askar og‘ir yaralanganini, bir askar esa olgan jarohatlaridan halok bo‘lganini qayd etgan.

Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, armiya Nagaland shtatining taqiqlangan Milliy sotsialistik kengashi a’zolarini pistirmaga o‘tkazgan, biroq ko‘mir konida mahalliy ishchilar uyiga qaytayotgan pikap mashinasiga yanglishib o‘t ochgan.

Armiya vakilining The Hindu nashriga xabar berishicha, tinch aholi qidiruvdagiga o‘xshash mashinada kelgan va to‘xtash so‘ralganda «hamkorlik qilmagan». Otishma olti kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Armiya vakillari politsiyaning kelishini kutar ekan, mahalliy aholi to‘planib, ularga hujum qilgan. To‘qnashuv natijasida olomondan o‘q uzishi oqibatida bir askar halok bo‘ldi, 3 nafari yaralandi. Harbiylar o‘zini himoya qilish maqsadida o‘t ochganidan so‘ng yana yetti nafar tinch aholi halok bo‘ldi, dedi armiya vakili.

Nagaland bosh vaziri Neyfiu Rio halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va yuqori darajadagi komissiya tekshiruv o‘tkazishini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring