Gegemon davlat rahbari jahondagi yangi to‘qnashuvlarni bashorat qildi
![Gegemon davlat rahbari jahondagi yangi to‘qnashuvlarni bashorat qildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_177712651.jpg)
AQSh va butun dunyo uchun beqarorlik xavfi global isish tufayli kelib chiqishi mumkin. Bu esa ekin maydonlari bo‘yicha ziddiyatlarga olib kelishi hech gap emas. Bu haqda Oq uy rahbari Jou Bayden razvedka xizmatlari vakillari bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi «TASS».
«Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar allaqachon mamlakatimizda va butun dunyoda beqarorlikning o‘sishiga hissa qo‘shmoqda», — dedi Amerika yetakchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aholining zaif qatlamlari uchun oziq-ovqat va suv xavfsizligining yo‘qligi, ekstremal ob-havo sharoiti va iqlim o‘zgarishini ham AQSh harbiylari mamlakat uchun asosiy xavf hisoblashadi.
«Agar dengiz sathi yana 2,5 fut (0,76 m) ko‘tarilsa, millionlab odamlar ko‘chib ketadi, haydaladigan yerlar uchun kurashadi», — deya qo‘shimcha qildi Bayden.
U Shimoliy Afrikadagi vaziyatni esladi: odamlar ekin maydoniga egalik qilish huquqi uchun bir-birlarini o‘ldirishgan.
Shuningdek, siyosatchi yaqin bir necha yil ichida Indoneziya poytaxti ko‘chib o‘tishini bashorat qilgan. Bunga Jakartada toshqin xavfi sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter