FVV rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Prezidentning qarori bilan Jumayev Rustam Shuhratovich Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari – Moliya, ta’minot va qurilish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Rustam Jumayev Hisob palatasining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Prezidentning farmoyishi bilan polkovnik Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar polkovnik Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu kunga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan general-mayor Haydarov Ravshan Haydarovich nafaqaga chiqishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas