Foto: Qashqadaryo viloyatida bodom gulladi
O‘zbekistonning janubiy hududi sanalgan Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida bodom gullagani xabar berildi.
Gidrometeorologiya bo‘yicha mutaxassis Erkin Abdulahatov ushbu hodisa yuzasidan xavotirli munosabat bildirdi.
«Oxirgi ikki-uch kunlikda respublikaning katta qismida aprel oyining o‘rtalariga xos iliq, bahoriy havo kuzatilmoqda. Janub viloyatlarda harorat maksimumlari +20 darajaga ko‘tarildi. Bu esa yuqoridagi kabi ertapishar bodom daraxtida gullash holatlarini keltirib chiqargan ko‘rinadi.
Bu, tabiiyki ommaviy gullash emas, ammo bunaqa issiq kunlar yana ikki uch kun davomiy kuzatilsa, janub va voha hududlarida bodom daraxtlarida gullash hodisalari kuzatilishi ham bor gap. Bu kelasi yil hosili uchun yomon», — deya yozadi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Qashqadaryo viloyatida chang bo‘ronlari ham kuzatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter