Endi urug‘larni eksport qilish Innovatsiya vazirligi qarori bilan amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 27-aprel «O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» qarorni imzolandi. Hujjat matni O‘zA saytida berilgan.
Unga ko‘ra, 2018-yil 1-sentabrdan:
— bitta viloyatda o‘ntadan ko‘p, bitta tumanda beshtadan ko‘p boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini, shuningdek, bitta viloyatda beshtadan ko‘p, bitta tumanda ikkitadan ko‘p g‘o‘zaning rayonlashtirilgan navlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi (sinov o‘tkazish uchun joylashtiriladigan yangi navlar bundan mustasno);
— boshoqli don ekinlari va g‘o‘za navlarini sinovdan o‘tkazish muddati ikki yildan, boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinovdan o‘tkazish muddati bir yildan oshmasligi lozim;
— qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining navlarini (boshoqli don ekinlari, g‘o‘za va kartoshka urug‘lari bundan mustasno) majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish va O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan Qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi;
— boshoqli don ekinlari va g‘o‘zaning urug‘larini eksport qilish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosasiga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligining qarori bo‘yicha amalga oshiriladi, boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larini eksport qilish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi;
— qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini import qilganda (boshoqli don ekinlari, g‘o‘za va kartoshka urug‘lari bundan mustasno), agar sinovdan o‘tkazishda qo‘llanilgan talablar O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan shunga o‘xshash talablardan past bo‘lmasa, akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari akkreditatsiya qilgan xorijiy laboratoriyalar tomonidan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinovdan o‘tkazish natijalari tan olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter