Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda urug‘chilik va ko‘chat yetishtirishga oid milliy dastur tasdiqlandi

O‘zbekistonda urug‘chilik va ko‘chat yetishtirishga oid milliy dastur tasdiqlandi

Hukumatning joriy yil 2-fevraldagi tegishli qarori bilan 2023–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish milliy dasturi tasdiqlandi.

Milliy dasturning ustuvor yo‘nalishlaridan biri qishloq xo‘jaligi ekinlarining sifat ko‘rsatkichlari jahon andozalari talablariga mos bo‘lgan, yuqori hosildor navlarini yaratishda xorijiy tajribalar almashish hamda mahalliy navlar va F1 duragaylarini yaratish hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • O‘zbekiston – Serbiya qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi ilmiy markazi;
  • O‘zbekiston – Turkiya pistachilik ilmiy markazi.

Xorijiy va mahalliy genofonddan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav hamda duragaylarini yaratish tizimini yanada takomillashtirish va ushbu sohaga ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish urug‘chilik ilmiy markazining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.

Shuningdek, mahalliy sharoitlarga mos, serhosil pista navlarini yaratish, ularning kolleksiyasini tashkil qilish pistachilik ilmiy markazining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring