Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dublinda tartibsizliklar boshlanib ketdi

Dublinda tartibsizliklar boshlanib ketdi

Irlandiya poytaxtidagi maktab binosi yonida bolalar hujumga uchragach, ko‘chaga chiqqan namoyishchilar bilan politsiya to‘qnashdi. Bu haqda Irish Independent nashri xabar berdi.

Namoyishchilar tajovuzkorlik ko‘rsatib, xavfsizlik kuchlariga hujum qila boshladilar, bir nechta avtomobillar, shahar avtobuslari va tramvayga o‘t qo‘ydilar. Dublin markazida transport harakati to‘sib qo‘yildi.

Bundan tashqari, namoyishchilar poytaxtning eng mashhur ko‘chalaridan biri — O‘Konnelldagi bir nechta do‘konlarni hamda mehmonxona binosini vayron qilgan. Ular xorij fuqarosi jinoyat sodir etgan bo‘lishi mumkinligidan shubhalanib, muhojirlarga qarshi chaqiriqlar qilishgan.

Irish Independent nashriga ko‘ra, rasmiylar tartibsizliklar sodir bo‘lgan joyga harbiylarni yuborgan. Biroq keyinchalik Irlandiya mudofaa kuchlari mitingni bostirishda ishtirok etmaganliklarini ma’lum qildi.

Keyinchalik bosh nazoratchi Patrik Makmenamin politsiya noroziliklarni bostirishga muvaffaq bo‘lganini aytdi. Unga ko‘ra, 400 ga yaqin politsiyachi patrul xizmatini davom ettirmoqda, biroq vaziyat barqarorlashgan. Tartibsizliklar natijasida hech kim jabrlanmagan, biroq bir qator binolar, politsiya mashinalari va shahar transportiga moddiy zarar yetgan.

Tartibsizliklarga noma’lum shaxsning hujumi natijasida 3 nafar bola va maktab xodimi yaralangani sabab bo‘lgan. Hujum qilgan shaxsning muhojir ekani haqidagi mish-mishlar noroziliklarni keltirib chiqargan.

Noma’lum shaxs 23 noyabr kuni tushdan keyin Dublin shimolida o‘quvchilar bino tashqarisida saf torttganda to‘satdan ularga pichoq bilan hujum qilgan. U maktab xodimi aralashuviga qadar besh yoshli qiz jarohatlangan.

Ayol bosqinchini ushlab oladi va uning o‘zi ham jiddiy pichoq jarohatlarini oladi. U og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Hujumchi yana ikki bolani jarohatlashga ulgurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring