Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qancha qurbon berildi?

Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qancha qurbon berildi?

Qozog‘iston prezidentining Olmaotadagi qarorgohi. 2022 yil 10 yanvar.

Foto: TASS

Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 230 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda bugun, 14-mart kuni parlamentning quyi palatasi majlisida mamlakat bosh prokurori Berik Asilov ma’lumot berdi.

«Yanvar voqealarida 230 kishi halok bo‘ldi, shundan 19 nafari harbiylar va tartibni saqlash xodimlari. Qurbonlar soni eng ko‘p Olmaotada — 139 kishi», — dedi bosh prokuror.

Asilovga ko‘ra, 20 kishi otishmaga yo‘liqqan tasodifiy qurbonlar.

«Ular orasida otishmada qolib ketganlar, tartibbuzarlar qo‘lidan o‘lganlar hamda blokpostlarda harbiylarning talabini bajarmaganlar bor», — ta’kidladi Asilov.

Tartibni saqlash xodimlaridan taxminan 3,5 ming nafari jarohat olgan.

Qozog‘istonda yanvarning 1-sanasida boshlangan tinch namoyishlar keyinchalik butun mamlakatga kengayib, tartibsizliklar boshlanib ketgandi. 7-yanvarda vaziyat barqarorlashgan, 19-yanvarda butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat tartibi bekor qilingandi. Ushbu voqealarda 4,5 mingdan ziyod inson jabrlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring