Qozog‘istondagi tartibsizliklar: 545 kishiga sud hukmi o‘qildi
Olmaota, Chimkent va Aqto‘be, Atirau, Olmaota, Jambil, Qizilo‘rda, Sharqiy Qozog‘iston viloyatlarida tartibsizliklar, davlat ob’yektlarini o‘t qo‘yish, mulkni vayron qilish, terrorchilik aktlari sodir etganlikda aybdor deb topilganlarga sud hukmi o‘qildi.
Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi vakili Yeldos Qilimjonov ma’lum qildi.
Hozirda hibsda saqlanayotgan gumondorlar talonchilik, binolarga o‘t qo‘yish, o‘qotar qurollarni o‘g‘irlash, davlat muassasalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga qurolli hujum qilishda faol ishtirok etgani ishonchli tarzda aniqlangan.
Har bir hibsga olingan shaxsning jinoyatga aloqadorligi to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar mavjud, deydi prokuror.
Uning qayd etishicha, yanvar voqealari bo‘yicha jami 429 ta jinoyat ishi sudga yuborilib, ularda 545 nafar shaxs sudlangan.
Davlat mansabdor shaxslariga zo‘ravonlik qilish, mol-mulkni yo‘q qilish bilan bog‘liq og‘ir jinoyatlarni sodir etgan, bundan tashqari, yetkazilgan zararni qoplamagan va sudlanganligi o‘talmagan 83 nafar sudlanuvchiga qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter