Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diniy ekstremizm va yot madaniyat — taraqqiyot kushandasi

Diniy ekstremizm va yot madaniyat — taraqqiyot kushandasi

Foto: «Adolat» SDP axborot xizmati

O‘zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan partiya siyosiy kengashining «Tinchlik, farovonlik va taraqqiyot yo‘lida birlashaylik!» umumiy shiori ostida «Diniy ekstremizm va yot madaniyat taraqqiyot kushandasi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar 7-sonli  tug‘ruq kompleksida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi, shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda shahar prokuraturasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shifokorlar, tibbiyot xodimlari, partiya faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda diniy ekstremizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan, eng xavfli ijtimoiy illatlardan biri ekanligi, diniy rangbaranglikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyotining muhim tarixiy omili bo‘lgan fuqarolararo hamjihatlikka rahna solishiga,   aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar yetkazishi, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o‘tkazib,  eng mudhish oqibatlarga olib kelishiga hamda dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olishda partiya va jamoat tashkilotlarini oldida turgan hayotiy muhim masalalardan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar bugungi o‘ta shiddatli davrda yoshlarimizni har qanday yot g‘oyalar oqimidan saqlashimizda barchamiz birdek ogoh hamda mas’ul bo‘lishimiz ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring