Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telefonidan taqiqlangan materiallar chiqqan shaxs 12 yilga qamaldi

Telefonidan taqiqlangan materiallar chiqqan shaxs 12 yilga qamaldi

Foto: «Xabar.uz»

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan«Hizb at-tahrir al-islomiy» diniy ekstremistik oqimining faol a’zosi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Qayd etilishicha, Oltiariq tumanida yashovchi Abdumutal Abdurahimov Rossiya Federatsiyasida ishlab yurgan vaqtida islom diniga qiziqishi tufayli internet orqali turli ma’ruzalarni eshitgan. Xususan, u «Hizb at-tahrir al-islomiy» diniy terroristik tashkiloti tarafdorlarining O‘zbekiston Respublikasining amaldagi tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga xizmat qilishga qaratilgan ma’ruzalaridagi aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan video va audio materiallarni eshitib, ularning ta’sirida ekstremistik g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlab kelgan. 

U Telegram messenjeri orqali oqim tarafdori M. A. bilan aloqa qilib, yozishmalar olib borgan. «Hizb at-tahrir al-islomiy» diniy ekstremistik oqimiga a’zo bo‘lib, ularning kitoblaridan virtual ta’lim oladi. «Hizbiy xalqa»da virtual tarzda olgan diniy saboqlari natijasida diniy aqidaparastlikka berilib, uning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan. Mazkur diniy tashkilotga sodiqlik qasamyodini qabul qiladi hamda oylik daromadidan a’zolik badali to‘lab kelgan. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda diniy oqimning g‘oyalarini faol targ‘ib qiladi. 

Oltiariq tumaniga qaytib kelgach, Telegramda turli guruhlarni tashkil qilgan hamda o‘zining tanishlarining profillarini bu guruhga qo‘shgan. A. Abdurahimov aqidaparastlik g‘oyalaridan saboq berib kelgan. Shuningdek, u faoliyatini davom ettirib, bir necha shaxslarni ham guruhiga jalb etadi hamda diniy oqimning materiallarini tarqatgan. 

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida A. Abdurahimovning qilmishlari fosh bo‘ldi. Uning telefonidan olingan ashyoviy dalillar diniy oqimning materiallari ekanligi tasdig‘ini topdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bag‘dod tuman sudining hukmiga ko‘ra, u 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring