Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud tomonidan taqiqlangan manbalar ro‘yxati e’lon qilindi

Oliy sud tomonidan taqiqlangan manbalar ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

2019 yildan hozirga qadar Oliy sudning 80 dan ziyod hal qiluv qarori asosida 1 000 dan ortiq manbaa taqiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-2024 yillarda internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) ro‘yxati e’lon qilindi.

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidovning ma’lum qilishicha, buzg‘unchilik va vayronakorlikni targ‘ib qiluvchi manba va materiallarni sud tartibida taqiqlash amaliyoti xorijiy davlatlarda ham keng qo‘llaniladi.

Qayd etilishicha, diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik mazmundagi materiallar joylashtirilgan internet nashrlar, kanallar, sahifalar, profillarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Ta’kidlanishicha, bunday jinoiy qilmishlarga nisbatan amaldagi qonunchilikda qat’iy javobgarlik belgilab qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring