Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehqonobodda bir metr qalinlikda qor yog‘di (foto)

Dehqonobodda bir metr qalinlikda qor yog‘di (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Qorli kunlar sog‘inchi. Qizig‘-a, so‘nggi yillarda shunday bir tuyg‘u kuchaydi. Kuchayadiyamda, axir, miriqib qorbo‘ron o‘ynamagan, ko‘chalarda chana uchmagan, yuzlari qizarib qorda o‘ynash zavqini chinakamiga his qilmagan avlod bugun maktabning yuqori sinflariga qatnayapti.

Kattalar esa ahyon-ahyonda uchqunlagan qorga qarab, o‘sha bolalikdagi zavqni entikib eslashadi...

O‘tgan dam olish kunlari respublikamizning ko‘pgina hududlarida qor yog‘di. Ba’zi hududlarda u tez erib ketgan bo‘lsa, tog‘li joylarda juda qalin qor tushibdi.

Qashqadaryo viloyatining Surxondaryo bilan chegaradosh Dehqonobod tumanidagi Oybek tog‘i yon-bag‘irlarida yoqqan qor qalinligi salkam bir metrga yetgan. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, bu hudud uchun qalin qor tushishi noodatiy hodisa.

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» sayti tahririyatiga Dehqonobod tumanidagi Do‘konxona va Oqrabot qishloqlarida yoqqan qor manzarasi aks etgan fotolar kelib tushdi. Fotosuratlar havaskorona olingan bo‘lsa-da, manzaraning o‘ziyoq insonga zavq beradi. Shunday qorlarni sog‘inganmiz, axir...

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Фото: «Xabar.uz»
Фото: «Xabar.uz»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring