Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniyadan Bolgariyagacha: Yevropa ittifoqi mamlakatlarida mehnatga qancha to‘lashadi?

Daniyadan Bolgariyagacha: Yevropa ittifoqi mamlakatlarida mehnatga qancha to‘lashadi?

Foto: «RUS Delfi»

Yevropa ittifoqi mamlakatlarida mehnati eng qadrlanadigan insonlar — daniyaliklar va lyuksemburgliklar, deb yozmoqda «Regnum».

Avstriyaning «Die Presse» gazetasi Germaniya federal statistika boshqarmasiga asoslanib xabar berishicha, 2019-yilning birinchi choragida Daniyada mehnatning bir soati uchun o‘rtacha haq 44,7 yevroni tashkil etgan, Lyuksemburgda esa — €40,3.

Keyingi o‘rinlarda Belgiya va Shvetsiya — €40 va €39,3 dan. Fransiyada bir soat mehnat uchun — €36,5, Germaniyada — €35, Avstriyada — €34,9 to‘lashadi.

Buyuk Britaniyada ish soati qadri Yevropa ittifoqidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past — €26,3 (YeIda — o‘rtacha €26,6). Sloveniya (€18,3) va Gretsiya (€16,1) ro‘yxatning o‘rtasida.

Soatiga 10 yevrodan kam to‘lanishi faqat sobiq sotsialistik lager mamlakatlarida kuzatilmoqda: Polsha va Vengriyada — €9,9 dan, Latviyada — €9,7, Litvada — €9,2, Ruminiyada — €6,5, Bolgariyada — €5,3. Ro‘yxatning oxirida ham shu mamlakatlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring