COVID-19 ga chalinishlar kamaymoqda, biroq quvonishga erta

«To‘rtinchi haftadirki, dunyoda koronavirusga chalinish holatlari soni kamaymoqda: o‘tgan hafta 3,1 millionta yangi holat qayd etildi — oldingi haftadagidan 17 foizga kam. Bu 26-oktyabr — 15 haftadan beri eng past ko‘rsatkich. Qayd etilgan o‘lim holatlari soni ham ikkinchi haftadirki, kamayishda davom etyapti: o‘tgan hafta qariyb 88 000 ta o‘lim holati qayd etildi, bu oldingi haftadagidan 10 foizga kamdir», — deyiladi JSST sayti ma’lumotida.
Tashkilot xabariga ko‘ra, jahon bo‘yicha 1—7-fevral davomida virusni yuqtirish bo‘yicha 3 153 426 ta yangi holat, 88 369 ta o‘lim holati qayd etilgan.
Ammo tashkilot quvonishga hali ertaligini ta’kidlamoqda. Negaki, koronavirusning mutatsiyaga uchragan turlari tobora ko‘proq mamlakatlarga tarqayapti. Xususan:
- «Britan shtammi» — 86 mamlakatda;
- «Janubiy Afrika shtammi» — 44 mamlakatda;
- «Brazil/yapon shtammi» — 15 mamlakatda qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter