Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda omborni o‘margan shaxsga «Matiz»dan 27 ming so‘m o‘g‘irlash aybi ham qo‘yildi

Chirchiqda omborni o‘margan shaxsga «Matiz»dan 27 ming so‘m o‘g‘irlash aybi ham qo‘yildi

2019 yil 30 dekabrdan 31 dekabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Kamolot ko‘chasida joylashgan 56 yoshli X.N. uyining omboriga eshikni buzish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 705.800 so‘mlik salqin ichimliklar, saqich, tamaki va kofe mahsulotlari hamda 3.850.000 so‘m naqd pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 32 yoshli K.J. sodir etganligi aniqlanib, shaxsiy tintuv jarayonida undan 30 dona kofe, 1 blok saqich va 2 quti tamaki mahsulotlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tergov harakatlari jarayonida aniqlanishicha, K.J. yuqoridagi jinoyatidan tashqari 2020 yil 03 yanvar kuni Chirchiq shahar Bo‘zsuv ko‘chasidagi uy oldida qarovsiz qoldirilgan «Matiz» rusumli avtomashina oynasini sindirib, salondan 27.000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlagan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan K.J.ga nisbatan 10.01.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilinib «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovlikda ko‘rish uchun yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring