Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya Isroilga qurol sotishni to‘xtatmoqchi

Buyuk Britaniya Isroilga qurol sotishni to‘xtatmoqchi

Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi, agar Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlarda g‘alaba qozonsa, Isroil va Saudiya Arabistoniga qurol sotishni to‘xtatadi. Bu haqda Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri, parlamentga qayta saylanish uchun nomzod bo‘lgan Fabian Xemilton aytib o‘tdi. Uning so‘zlaridan Telegraph iqtibos keltirmoqda.

«Qurol savdosi masalasida kelasi hafta saylovlarda g‘alaba qozonsak, Isroilga qurol sotishni darhol to‘xtatamiz», - dedi siyosatchi.

Xemiltonning qo‘shimcha qilishicha, leyboristlar Britaniyaning eng yirik mijozi Saudiya Arabistoniga qurol sotishni ham to‘xtatadi.

Bundan oldin Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron London Isroilga qurol sotish uchun eksport litsenziyalarini berishni to‘xtatmoqchi emasligini ma’lum qilgan edi. O‘z navbatida, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil armiyasiga Amerika qurol-yarog‘ining avvalgi hajmini qayta tiklash masalasi yaqin kelajakda hal qilinishi kerakligini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring