Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi
«14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni» bayramiga bag‘ishlab bugun, 5-yanvar kuni Qurolli kuchlar Akademiyasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida «Yarim marafon» yugurish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, marafon davomida 5-yanvar kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar Mustaqillik ko‘chasi, Kichik halqa aylanma yo‘li orqali ko‘prik tagi bilan Maxtumquli ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi va Parkent chorrahalari orqali Mustaqillik ko‘chalarida avtomobil harakati bir muddatga cheklanadi.
«Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi hokimlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter