Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi
Ibrohimov Jahongir Bahodirovich Toshkent shahrining Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jahongir Ibrohimov 1982 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.
2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Bektemir tumani hokimi Sh. Mamadjanovga qo‘shilib, tuman prokurori D. Atajanov, IIB boshlig‘i Z. Iminov va DSI rahbari G. Davlatov ham vazifasidan ozod etilgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter