AQShda motam e’lon qilindi
Avvalroq AQShning Kolorado shtati Boulder shahridagi supermarketda yuz bergan otishmada o‘n kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.
AQSh prezidenti Jo Bayden Koloradodagi otishmada halok bo‘lganlar uchun 27-martga qadar motam e’lon qildi, deya xabar berdi Oq uy.
Baydenning ko‘rsatmasiga binoan, seshanba kunidan boshlab tushirilgan AQShning davlat bayroqlari 27-mart kuni quyosh botgunga qadar shu holatda qoladi.
Asl kelib chiqishi suriyalik bo‘lgan AQSh fuqarosi Ahmad al-Issa Kolorado shtati Boulder shahridagi do‘konda otishma sodir etgan. Oqibatda 10 kishi, jumladan, bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Qurollangan shaxs jarohatlangan holda hibsga olingan. Bugun u shifoxonadan qamoqxonaga ko‘chirilishi kutilmoqda. Shundan so‘ng unga ayblov e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter