Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh va Eron muzokaralari Rimda o‘tadi — Axios

AQSh va Eron muzokaralari Rimda o‘tadi — Axios

Foto: Anadolu Ajansı

AQSh va Eron yadroviy bitim bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi bosqichini 19-aprelda Rimda o‘tkazadi. Bu haqda Axios o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Oldinroq, xuddi birinchi holatdagi kabi, muzokaralar O‘monda o‘tishi aytilayotgandi.

AQSh Rimdagi muzokaralar bevosita o‘tishini mo‘ljallayapti. O‘monda 12-aprelda o‘tgan muzokaralarda tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishmagandi. Turli xonalarda o‘tirgan diplomatlarning so‘zlarini o‘monchilik vositachilar o‘zaro yetkazib turishgan.

Aytilishicha, O‘mondagi muzokaralar tugagach, AQShning maxsus elchisi Stiv Uitkoff va Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi taxminan 45 daqiqa suhbat qurishgan.

Axios yozishicha, O‘mondagi muzokaralar Tramp ma’muriyatini qanoatlantirgan. O‘z navbatida, Eron vakillari, Tramp ilgarigi yadroviy bitimdan chiqib ketgani bois, bu holat yana takrorlanishi mumkinligidan xavotir bildirishgan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring