Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Ukrainaga ATACMS raketalarini yashirincha yetkazib berdi

AQSh Ukrainaga ATACMS raketalarini yashirincha yetkazib berdi

Qo‘shma Shtatlar so‘nggi haftalarda Ukrainani uzoq masofaga (300 km) uchuvchi ATACMS raketalari bilan yashirincha ta’minladi va o‘tgan hafta Ukraina ularni Qrimda birinchi marta qo‘lladi, deya xabar bergan AQSh rasmiylari va ommaviy axborot vositalari.

Qurollar AQSh prezidenti Jo Bayden mart oyida tasdiqlagan 300 million dollarlik yordam paketining bir qismi edi.

Chorshanba kuni kechqurun AQSh Davlat departamenti vakili raketalar yetkazib berilishini rasman e’lon qildi.

Vedant Patel jurnalistlarga «AQSh Ukrainaga ATACMS uzoq masofali raketalarni taqdim etganini tasdiqlay olaman», dedi va raketalar Ukrainaga aprel oyida yetib borganini qo‘shimcha qildi.

Reuters agentligining ismi sir qolishini so‘ragan manbasiga ko‘ra, raketalar birinchi marta 17 aprel kuni erta tongda qo‘llangan – ular anneksiya qilingan Qrimdagi Jankoy aerodromiga, Ukraina front chizig‘idan 165 km uzoqlikka uchirilgan.

AP manbasining aytishicha, zarbalar Ukraina hududidagi Rossiya qo‘shinlariga ham berilgan.

Avvalroq Bayden Ukraina va Isroilga bir necha milliardlik yordam paketini imzolagani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring