Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yo‘lkirani oshirgan haydovchilarga reyd uyushtirildi (foto)

Andijonda yo‘lkirani oshirgan haydovchilarga reyd uyushtirildi (foto)

Shahar va tumanlarda noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va haydovchilar tomonidan yo‘lkira narxlarini sun’iy ravishda oshirishning oldini olish maqsadida Andijon viloyatida maxsus reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Viloyat prokuraturasi, viloyat monopoliya boshqarmasi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, davlat soliq boshqarmasi hamda viloyat transport boshqarmasi xodimlaridan iborat tarkibda 8 ta reyd guruhlari shakllantirilib, Andijon viloyatining muayyan hududlariga biriktirildi.

Qo‘shma reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, avtotransport vositasini texnik ko‘rikdan haydovchilari esa tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan holda yo‘nalishlarga chiqib faoliyat yuritayotgan, shuningdek yo‘lkira narxlarini asossiz ravishda oshirib olgan haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Bundan biroz muddat avval turli ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universiteti talabalari shahardagi 222- yo‘nalish «Pistamozor – Markaziy shahar shifoxonasi» va 75- yo‘nalish «Andijon davlat universiteti – Yangibozor» haydovchilari tomonidan yo‘lkira narxi assosiz ravishda oshirib olingani borasida xabarlar tarqalgan edi. Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mashrapov reyd tadbirlarida shaxsan o‘zi qatnashib, yuqorida aytilgan yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan haydovchilar bilan uchrashib tushuntirish ishlarini olib bordi.

2019 yilning 12 dekabr kuni Andijon shahrida o‘tkazilgan qo‘shma reyd tadbirida ja’mi 21 nafar litsenziyasiz noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan haydovchilar aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, 5 nafar haydovchilar texnik va tibbiy ko‘riklardan o‘tmaganligi, 36 nafari belgiga amal qilmaganligi, 31 nafari yo‘lovchi tashish qoidasini buzganligi va 9 nafari yo‘l kira narxlarini o‘zboshimchalik bilan oshirib olganligi uchun, ja’mi 102 ta ma’muriy bayonnomalar tuzildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring