Andijonda yer qimirladi

Andijon viloyatida yer qimirlashi kuzatildi. Xabar qilinishicha, zilzila markazi Qirg‘iziston hududida bo‘lgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, bugun, 12 iyun, Toshkent vaqti bilan 09:30 da (12.06.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 04:30 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 40,76 gradus shimoliy kenglik; 73,04 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 10 km.
Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 326 kilometrni tashkil etgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Andijon : 59 km, 2 ball.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofat va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter