Istanbuldagi zilzilada bir o‘zbekistonlik qo‘rquvdan vafot etgani aytilmoqda

23-aprel, seshanba kuni Istanbul shahrida yashagan O‘zbekiston fuqarosi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.
Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida sodir bo‘lgan va ko‘p qavatli uyning yuqori qavatida yashab kelgan fuqaroning o‘limiga uning kuchli qo‘rquv holatiga tushishi sabab bo‘lgan.
Ayni paytda Bosh konsulxona marhumning jasadini Vatanga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23-aprel kuni Istanbul va unga tutash hududlar aholisi 6,2 magnitudali zilzilani his qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter