Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mahalliy» avtomobillar: chegaradagi «Malibu-2»lar yuzasidan tushuntirish berildi

«Mahalliy» avtomobillar: chegaradagi «Malibu-2»lar yuzasidan tushuntirish berildi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shni Qozog‘istonning Toshkent viloyati Chinoz tumani bilan chegarasida joylashgan «Yallama» bojxona postida avtovozga ortilgan yangi «Malibu-2» avtomobillari aks etgan video tarqaldi. Videolavhada muallif ushbu avtomobillar (noma’lum sabablarga ko‘ra) Qozog‘istondan O‘zbekistonga qaytarilgani, endilikda ichki avtomobil bozorida avtomobil narxi pastlashi haqida aytadi.

«UzAuto Motors» AJ mazkur xabarga munosabat bildirib, uning «haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi»ni ma’lum qildi.

Kompaniyaga ko‘ra, «videoda ko‘rsatilgan «Malibu-2» avtomobillari partiyasi Xitoydan Qozog‘iston hududi orqali belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya qilgan holda» O‘zbekistonga olib kelinmoqda.

Rasmiy munosabatda, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raladi.

Ma’lumot uchun, ijtimoiy faollar tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi aytiladigan Malibu, Traverse va Tahoe avtomobillari aslida Xitoy, Janubiy Koreya yoki AQSh kabi davatlarda ishlab chiqilib, O‘zbekistonga import qilinishi aytib kelinsa-da, shu kunga qadar kompaniya bu borada biror munosabat bildirmay kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring