Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda davlat xavfsizligi xizmati Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro yana bir fuqaroning ishonchiga kirib xalq ta’limi tizimida ishlovchi yuqori lavozimda ishlaydigan «akaxon»lari orqali xalq ta’limida ishlaydigan tanishlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ikki nafar tanishini maktab direktorligi, dugonasini maktab direktori o‘rinbosari lavozisiga tayinlash masalasini hal qilib berishni va’da qilgan. Evaziga 8400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tadbir davomida fuqaro aybiga to‘liq iqror bo‘lib pushaymonligini aytgan.
Firibgar fuqaro 8400 AQSh dollarining bir qismini Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘iga berishini ma’lum qilgach uning ko‘rsatmalariga asosan, tadbir davom ettiriladi.
Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i yuqoridagi masalalarni ijobiy hal qilish evaziga 900 AQSh dollarini pora tariqasida fuqarodan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar Xalq ta’limi boshlig‘iga nisbatan jinoyat kodeksining 210-moddasi, fuqaroga nisbatan esa 168- hamda 28-, 211-moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter