Andijon. «Boshi ochiq» ayollar ro‘yxati e’lon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25-35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishiga oid ma’lumot paydo bo‘lganidan xabaringiz bor.
Ushbu ma’lumotga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi o‘z munosabatini bildirar ekan, «...bu ro‘yxat Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilishda suhbatga chaqirish uchun tuzilgan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayol xodimlar, xususan, pedagoglar sonini oshirish maqsadida ishlab chiqilgani»ni urg‘uladi.
Biroq ushbu munosabat yopishmagan gajjak misoli ko‘plarning ko‘nglidagi ishtibohiga suv sepmadi, aksincha, battar alangalatdi.
Taniqli blogger Shahnoza Soatova ro‘yxatga nisbatan o‘z qarashlari bildirar ekan, ko‘plarning ko‘nglidagi gapini yozadi: «Ro‘yxat ichki ishlar organlariga pedagog ayollarni ko‘proq ishga jalb qilish uchun tuzilgan» deyilyapti. Xo‘p, shunday ham bo‘laqolsin. Unda nega faqat turmushga chiqmagan va erdan ajrashgan ayollarni ro‘yxat qildinglar? Ichki ishlar tizimida eri bor ayollar ishlay olmaydimi? Shu joyiga batafsilroq izoh talab qilinadi. Asli hamma gap shu joyida!
«Human.uz» sayti ayni shu savol ko‘ndalang qo‘yilgan maqolani e’lon qilish asnosida o‘sha ruyxatning to‘la ochiqlanmagan shaklini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter