Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anatoliy Sobchakning bevasi jazoni kuchaytiruvchi qonunga qarshi ovoz bergan yagona senator bo‘ldi

Anatoliy Sobchakning bevasi jazoni kuchaytiruvchi qonunga qarshi ovoz bergan yagona senator bo‘ldi

Vladimir Putin va Lyudmila Narusova (arxiv).

Rossiyada harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazo chorasini kuchaytirishga qarshi ovoz bergan yagona senator Anatoliy Sobchakning bevasi Lyudmila Narusova bo‘ldi. Bu haqda u RTVIga ma’lum qildi.

«Ha, men qarshi ovoz berdim, biroq hozircha izoh berolmayman, majlisimiz davom etyapti», — dedi Narusova.

Bugun, 21-sentyabr kuni Federatsiya kengashi yig‘ilishida harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi, ya’ni 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutuvchi qonun qabul qilindi. Qonunni yoqlab 147 nafar senator ovoz bergan.

Ma’lumot uchun: Anatoliy Sobchak (1937–2000) — sobiq Ittifoq va Rossiya davlat arbobi, Sankt-Peterburgning birinchi va yagona meri (keyingilari — gubernatorlar). Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda sobiq prezident Dmitriy Medvedevning katta siyosatga kirib kelishida Sobchak muhim rol o‘ynagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring