«ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi «Kapital Sug’urta» aksiyalarining 30 foizini sotib oldi
«ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi 13 aprel kuni «Alskom-Vita» sho‘ba korxonasi bilan hamkorlikda «Kapital Sug’urta»ning 3,3 mlrd aksiyasini sotib oldi, deb xabar berdi «Spot».
Bu ma’lumotlar «Toshkent» respublika fond birjasida keltirilgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, «Kapital Sug’urta» kompaniyasi aksiyadorlari 9 mart kuni 3 mlrd oddiy aksiyalarini chiqarish haqida qaror qilgan. Bitta aksiya narxi 1 so‘mdan baholangan.
«Kapital Sug’urta» — sug‘urta kompaniyasi 1991 yili tashkil etilgan. Kompaniya saytida u O‘zbekistonning birinchi xususiy sug‘urtachisi sifatida qayd etilgan.
«ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi esa 1996 yili tashkil etilgan. AKT vazirligi korxona va tashkilotlari uning ta’sischilari hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter