Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nvidia bir kunda 600 mlrd dollar qiymatini yo‘qotdi

Nvidia bir kunda 600 mlrd dollar qiymatini yo‘qotdi

Foto: NBC News

Grafik tezlatkichlar ishlab chiqaruvchi Nvidia (AQSh) kompaniyasi aksiyalari 27 yanvar kuni 18 foiz yoki 600 mlrd dollar qiymatini yo‘qotdi.

Bu ChatGPTning xitoylik raqibi — DeepSeek ilovasi muvaffaqiyati fonida ro‘y berdi.

DeepSeek asoschilari o‘z sun’iy intellektlarini yaratishga olti millon dollar atrofida sarflashganini aytishmoqda, vaholanki, Google, Microsoft va boshqa yirik kompaniyalar xuddi shunday loyihalarga milliardlab sarflashmoqda.

Xitoycha chat-bot savollarga javob berishda ChatGPT qolishmaydi, ishlatish ancha o‘ng‘ay, eng muhim jihatlaridan biri — kuchli kompyuterlardan foydalanish ham talab etilmaydi, shuning uchun ham eng kuchli grafik tezlatgichlar chiqaruvchi Nvidia uchun bu aks ta’sir qildi. Amerikaning Nvidiadan boshqa texnogigantlari aksiyalari ham ancha qiymatini yo‘qotgan.

Tarixda hali hech bir kompaniya Nvidia singari bir kunda 600 mlrd dollar qiymatini yo‘qotmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring