Aldashibdi! Boshqarma munosabati yolg‘on
Qarshi tumanidagi markaziy yo‘lning abgorligi haqidagi tanqidiy xabarga Qashqadaryo viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi munosabat bildirgani haqida ma’lum qilingandi.
Munosabatda mazkur yo‘lda ta’mirlash ishlari boshlangani aytilib, shu paytgacha «Qarshi-Tallikuron-Kasbi-Pomuq» yo‘lida 5,5 mlrd so‘mlik ish bajarilgani yozilgan va qator suratlar ilova qilingan. Suratlar eski ekanligi aytilmoqda.
Ammo «Nasafnews» muxbirlari voqea joyiga borib vaziyatni yana o‘rganganda, hududdagi yo‘lda hech qanday ta’mirlash ishlari boshlanmagani, yo‘l badtar ahvolga kelib qolgani fosh bo‘ldi.
Nashr mazkur boshqarma mas’ullari bergan xabarga ishonib, muammo bartaraf etilayotgani haqida berilgan ma’lumot yolg‘onligi uchun o‘z kuzatuvchilaridan uzr so‘ragan va tez orada yo‘lda ta’mirlash boshlanishiga umid bildirgan.
«Qashqadaryoning yangi hokimi Murodjon Azimov balki ilk ishini mazkur yo‘lning muammosini o‘rganishdan boshlar. Gap kichik yoki ichki yo‘l haqida emas, ikki tumanni bog‘lab turuvchi markaziy yo‘lning abgorligi haqida ketmoqda», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter