Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

44 nafar amaldor jarimaga tortildi

44 nafar amaldor jarimaga tortildi

Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tuzilgan tuman komissiyasi tomonidan 5 ish kun ichida elektron platforma orqali xulosa berilishi shartligi belgilangan.

Biroq, viloyatning 9 nafar tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, 11 nafar tuman agroinspeksiya bo‘lim boshliqlari, 16 nafar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim boshliqlari va 8 nafar tuman moliya bo‘limi boshliqlari tomonidan tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarga xulosa berishda muddat buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Misol uchun, Asaka tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan «Zumrad» (nomi o‘zgartirilgan) MChJning 2023 yil 31 oktyabrdagi subsidiya ajratish haqidagi arizasi 2024 yil 19 yanvarda muddati o‘tkazib xulosa berilgan.

Andijon viloyatidagi 44 nafar mansabdorning shu kabi qonunbuzilishi holatiga yo‘l qo‘yganligi oqibatida tadbirkorlarning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 43-moddasiga asosan, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring