Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda «qo‘rqinchli tush»: salkam 10 ming amaldor ishdan bo‘shatildi

AQShda «qo‘rqinchli tush»: salkam 10 ming amaldor ishdan bo‘shatildi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir hafta mobaynida 9500 dan ortiq amaldor ishdan ayrildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, ishdan bo‘shatishlar aniq miqyosi hali belgilab olinmagan, ammo shu haftada kamida 9500 dan ortiq xodim ishsiz qoldi. Ular o‘nga yaqin departament va agentliklarda ishlashgan.

Jumladan, energetika vazirligida 1200–2000 ga yaqin kishi (shu jumladan, yadro arsenaliga mas’ul bo‘lgan boshqarma xodimlari) ishdan bo‘shatildi. Ichki ishlar vazirligi 2300 ta xodimni, kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari esa qariyb 1300 xodimni yo‘qotdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligida ishdan bo‘shatilganlar soni hali aniq emas.

Shuningdek, qisqartirishlar kichik biznes va ta’lim ishlari departamentlariga ham ta’sir qildi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, ishdan bo‘shatishlar AQSh prezidenti Donald Tramp va Amerika hukumati samaradorligi departamenti rahbari Ilon Maskning byurokratiyani keskin qisqartirish kampaniyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

23 yanvar kuni The New York Times gazetasi Tramp 50 mingdan ortiq davlat xizmatchisini ishdan bo‘shatishi mumkinligini yozgan edi. Ushbu qaror federal ish kuchi tarkibida katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Keyinroq NBC News manbasiga ko‘ra, 60 mingdan ortiq amaldor kompensatsiya evaziga ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shatilishiga rozi bo‘lgan. Ularga sakkiz oylik maosh va imtiyozlarni sakkiz oy davomida saqlab qolish imkoniyati taklif etilgan.

Avvalroq, yuristlar Ilon Maskning Tramp ma’muriyatida ishlashi «qo‘rqinchli tush» bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring