Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Andijon viloyat hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi tayinlandi.
Ushbu lavozimda ish boshlagan Ulug‘bek Jo‘rayev Shuxratjon o‘g‘li 1990-yilda Andijon tumanida tug‘ilgan. Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2015-yilda Andijon shahar moliya bo‘limida xo‘jalik ishlari mudiri sifatida boshlagan.
Ushbu tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimligining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter