Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 kishi jarohatlandi — o‘zbekistonlik ziyoratchilarning avtobusi Saudiya Arabistonida YTHga uchradi 

10 kishi jarohatlandi — o‘zbekistonlik ziyoratchilarning avtobusi Saudiya Arabistonida YTHga uchradi 

Illyustrativ foto

Bugun, 27-dekabr kuni Saudiya Arabistoni vaqti bilan soat 09:15da «Al-Afaj» transport kompaniyasiga tegishli «Mercedes-Benz» rusumli avtobus haydovchisi «Jidda–Madina» 160-magistral yo‘lida uxlab qolishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborot berdi.

Mazkur avtobusda O‘zbekistondan borgan 50 nafar yurtimiz ziyoratchilaridan 10 nafari jarohatlangan.

Transport hodisasi oqibatida jabr ko‘rganlarga Madina shahri yaqinidagi «Vadi Al-Far» va «Al-Himna» shifoxonalarida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Avtobusdagi 40 nafar ziyoratchi Madina shahridagi mehmonxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan. Ushbu mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamda tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Diplomatlarimiz fuqarolarimiz holidan xabarbor bo‘lib turibdi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring