Buxoroga 12 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida yangi avtobuslar xarid qilinishi bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Xususan, Buxoro viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona joriy yil yanvar oyida Xitoyning «Zhongtong Bus Holding Co., Ltd.» kompaniyasi bilan 24 ta zamonaviy avtobus xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Shartnoma asosida avtobuslarning ilk 12 tasi 27 may kuni Buxoro shahriga yetib keldi. Qolgan 12 ta transport vositasi esa iyun oyi oxirigacha viloyatga olib kelinishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter