Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyga 42 ta yangi avtobus olib kelindi

Navoiyga 42 ta yangi avtobus olib kelindi

Prezidentning tegishli qaroriga binoan Navoiy viloyatida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish doirasida Xitoydan 42 dona yangi YUTONG rusumli avtobuslar olib kelindi.

Mazkur avtobuslar Navoiy shahri va Karmana tumani markazida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, aprel oyida ham Xitoydan 18 dona zamonaviy avtobuslar olib kelingandi va «Navoiy» avtovokzali – viloyat Avtoyo‘l boshqarmasi» va Tinchlik qo‘rg‘oni – «Malika» avtostansiyasi yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring