Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Termizga uchgan samolyot yana yo‘nalishini o‘zgartirdi

Toshkentdan Termizga uchgan samolyot yana yo‘nalishini o‘zgartirdi

Bugun, 9 mart kuni Uzbekistan Airways’ning Toshkent – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha uchgan HY67 reysi Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sabab ko‘ruvchanlik darajasi pasayib ketgani uchun Qarshidagi zaxira aerodromga qo‘nadigan bo‘ldi.

Samolyot taxminan 10:23 da Qarshi aeroportiga qo‘ngan.

Bir muddat oldin Termiz xalqaro aeroportida ko‘rish yomonlashgani tufayli samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga cheklovlar joriy etilgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 mart kuni ham Toshkent – Termiz yo‘nalishi bo‘ylab uchgan Airbus A320 NEO samolyoti noqulay ob-havo sharoiti sabab qo‘nolmagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring