Samarqanddagi YTH yuzasidan ma’lumot berildi. Qurbon bor (video)

Joriy yilning 18-dekabr kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Unda 1 kishi halok bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Damas avtomobili qizil chiroqda to‘xtamay, Lada avtomobiliga kelib urilgan. Oqibatda, Lada haydovchisi kuchli zarba ta’sirida tashqariga otilib ketgan.
Lada haydovchisi va Damas avtomobilining 2 ta yo‘lovchisi tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Lekin olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida Lada haydovchisi hayotdan ko‘z yumgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter