Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu bilan yashashni ayting…» – ikki kishi qurbon bo‘lgan YTH aybdori qamoqqa olindi

«Bu bilan yashashni ayting…» – ikki kishi qurbon bo‘lgan YTH aybdori qamoqqa olindi

Yakshanba, 9-oktyabr kuni soat 20:30 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida odamlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan edi.

22 yoshli BMW avtomobili haydovchisining tezlikni me’yordan oshirib yuborishi natijasida kelib chiqqan YTHda jami 4 ta avtomobil shikastlangan.

Shuningdek, hodisa natijasida «Nexia 3» rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi olgan tan jarohati natijasida, voqea joyida vafot etgan edi.

Poytaxt IIBB Tergov bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hodisa aybdori – 22 yoshli haydovchi qamoqqa olingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Yo‘lning 3-bo‘lagida ketayotgandim. O‘rtada ketayotgan Gentra yo‘limga chiqdi. Men o‘rta bo‘lakka qochdim. U keyin yana joyiga qaytgisi kelib qoldi. Shu payt meni siqib qo‘ydi, tormoz bosdim, uyog‘ini bilmayman. Mashina suzib ketib qoldi. Keyin tepaga chiqib ketdim. Hushimga kelgach, mashinani o‘chirdim...

Marhumlarning yaqinlari, oila a’zolaridan uzr so‘rayman. Men uydan bunday bo‘lishini xohlab chiqmaganman», — debdi u.

Mazkur YTHdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida mazkur yo‘lni ajratib turuvchi bo‘lakka o‘rnatilgan beton to‘siqlarning YTHlarda tamplin vazifasini o‘tab berayotgani haqida e’tirozlar o‘rtaga chiqa boshladi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova mazkur holatga e’tibor qaratib, bunga o‘z munosabatini bildirdi.

«Agarda haqiqatdan yo‘l transport hodisasi sodir etilishiga aynan shu beton to‘siq sababchi, to‘siqning tuzilishi ham omil bo‘lgan bo‘lsa, tergovchi tomonidan tegishli idoralarga taqdimnoma kiritiladi. Shu kabi jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar va sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan kiritiladi. Taqdimnoma ko‘rib chiqilgach, tegishli tashkilotlar tomonidan xulosa qilinadi, ya’ni chora-tadbirlar amalga oshiriladi», – deydi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring