Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emlash bo‘yicha yetakchi hududlar nomi ma’lum qilindi

Emlash bo‘yicha yetakchi hududlar nomi ma’lum qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 35386 nafarga yetdi.

5-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Samarqand viloyati (1783 nafar),
Toshkent shahri (1691 nafar),
Toshkent viloyati (1321 nafar),
Namangan viloyati (1171 nafar),
Andijon viloyati (1128 nafar) band qildi.

Emlash jarayonlari davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1 apreldan ommaviy emlash boshlandi.

Foto: SSV matbuot xizmati. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring