Emlash bo‘yicha yetakchi hududlar nomi ma’lum qilindi
![Emlash bo‘yicha yetakchi hududlar nomi ma’lum qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1823192728.jpg)
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 35386 nafarga yetdi.
5-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Samarqand viloyati (1783 nafar),
Toshkent shahri (1691 nafar),
Toshkent viloyati (1321 nafar),
Namangan viloyati (1171 nafar),
Andijon viloyati (1128 nafar) band qildi.
Emlash jarayonlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1 apreldan ommaviy emlash boshlandi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/36/720__nXcHjD9nz7e3kqj0gWJSYW7DqSqhYUvS.jpg)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter