Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uy AQShga kelganlar uchun koronavirusga qarshi majburiy emlashni bekor qilyapti

Oq uy AQShga kelganlar uchun koronavirusga qarshi majburiy emlashni bekor qilyapti

AQSh ma’muriyati 12-may sanasidan boshlab mamlakatga kelayotgan xorijiy fuqarolar uchun koronavirusga qarshi majburiy emlash talabi bekor qilinganini ma’lum qildi.

«2021-yil yanvar oyidan beri COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim holatlari 95 foizga, kasalxonaga yotqizilganlar esa qariyb 91 foizga kamaydi. Global miqyosda COVID-19 o‘limi pandemiya boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi. 270 millionga yaqin amerikaliklar kamida bir marta COVID-19 vaksinasi bilan emlandi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, biz ma’muriyat 11 maydan keyin xalqaro reyslarda kelgan federal xodimlar, federal pudratchilar va xalqaro havo yo‘lovchilari uchun majburiy COVID-19 emlash talabi bekor qilinayotganini e’lon qilamiz», – deyiladi Oq uy bayonotida.

Qo‘shma Shtatlar 2021-yilning noyabr oyidan boshlab mamlakatga kiruvchi xorijliklardan to‘liq COVID-19 vaksinalarini taqdim etishlarini talab qila boshlagan edi.

2023-yilning aprelida esa Jo Bayden mamlakatda COVID-19 sababli 2020 yilda joriy etilgan favqulodda holat rejimini bekor qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring