Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yanvar oyi davomida ob-havo qanday o‘zgarishi e’lon qilindi

Yanvar oyi davomida ob-havo qanday o‘zgarishi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati 2022-yil yanvar oyida kutiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi.

Bu yilning yanvar oyi nisbatan iliq, ammo yomg‘irli ob-havo bilan boshlandi.

Respublika hududi bo‘yicha deyarli har kuni yomg‘ir, tog‘larda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatilgan.

7 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtadi. Faqat Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ertalab, Farg‘ona vodiysida kun davomida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida biroz qor yog‘adi.

8-14 yanvarda respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

9-12 yanvarda havo harorati kechalari 2° sovuq-3° iliq, kunduz kunlari 3-8° iliq, ba’zi joylarda 10-12° iliqqacha, 13-14 yanvarda kechalari 0-5° iliq, kunduz kunlari 8-13° iliq atrofida bo‘ladi.

Yanvar oyining ikkinchi yarmida harorat kechalari 0-5° iliqdan 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 8-13o iliqdan 0-5o iliqqacha, shimolda kechalari 0-5° sovuqdan 10-15° sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8° iliqdan 0-5° sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Ikkinchi o‘n kunlikning boshida va uchinchi o‘n kunlikning ayrim kunlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring