«UzCard»ga yangi rahbar tayinlandi
Yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar portalida keltirilishicha, «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ («UzCard») Bosh direktori lavozimiga Farrux G‘olibsherovich Ziyayev tayinlangan. U shu kungacha jamiyat direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Bu haqda bankers.uz kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, F.Ziyayev ko‘pchilik uchun tanish bo‘lgan «Payme» to‘lov tizimi asoschilaridan biri hisoblanib, shuningdek mazkur to‘lov tizimi qarashli bo‘lgan kompaniya — «Inspired» MChJning 7,5 foizlik ulushiga ham egalik qiladi.
«UzCard»ning joriy yil avgust oyi yakunida tayinlangan direktori D.Ikramovning qaysi ishga o‘tganligi, xususan jamiyat rahbariyati tarkibida qolgan yoki qolmaganligi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter