Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga aviaqatnovlar soni oshirildi

Rossiyaga aviaqatnovlar soni oshirildi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar miqdori haftasiga 22 tagacha oshirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yangi yil bayrami arafasida fuqarolarning sayohat qilishga ehtiyoji ortishi hisobga olingan. Ayni paytda O‘zbekiston 18 davlat bilan haftasiga 28 yo‘nalishda 144 marta reyslarni yo‘lga qo‘ygan.

Barcha parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Rossiya bilan aviareyslar 2020 yil mart oyida karantin boshlangach to‘xtatib qo‘yilgandi. Karantinga qadar Uzbekistan Airways tomonidan Rossiya shaharlariga har hafta 87 ta reys qo‘yilgan edi.

Yangi yil munosabati bilan quyidagi reyslar yo‘lga qo‘yildi:

  • Turkiya, 40 reys (Toshkent-Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg‘ona – Istanbul );
  • Qozog‘iston, 34 reys (Toshkent-Olmaota, Samarqand – Olmaota, Urganch-Oqtau, Nukus-Oqtau, Nukus-Oqto‘ba);
  • Rossiya, 22 reys (Toshkent-Moskva, Samarqand – Moskva, Samarqand – Sankt-Peterburg);
  • BAA, 16 reys (Toshkent-Dubay, Toshkent – Sharja);
  • Janubiy Koreya, 4 reys (Toshkent-Seul);
  • Belarus, 4 reys (Toshkent-Minsk);
  • Tojikiston, 4 reys (Toshkent-Dushanbe);
  • Qirg‘iziston, 3 reysa(Toshkent-Bishkek);
  • Misr, 3 reys (Toshkent-Qohira, Toshkent-Sharm ash-Shayx);
  • Kuvayt, 2 reys (Toshkent-Al-Kuvayt);
  • Latviya, 2 reys (Toshkent-Riga );
  • AQSh, 2 reys (Toshkent-Nyu-York);
  • Gruziya, 2 reys (Toshkent-Tbilisi);
  • Germaniya, 2 reys (Toshkent-Myunxen);
  • Hindiston, 2 reys (Toshkent-Deli);
  • Isroil, 1 reys (Toshkent-Tel-Aviv);
  • Eron, 1 reys (Toshkent-Tehron);
  • Saudiya Arabistoni, 1 reys (Toshkent-Ar-Riyod).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring