Qishloq xo‘jaligi vaziri Kosonsoyga hokim etib tayinlandi
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘ldi. Unda Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov so‘zga chiqdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Javlonbek Nabijonovich Yo‘ldoshev o‘z vazifasidan ozod etildi, deb xabar bermoqda «Namnews.uz».
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Bahodir Tursunovich Yusupov viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, Kosonsoy tumani hokimi etib tayinlandi. Mazkur qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Bahodir Yusupov bundan avval ham Kosonsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hukumat tarkibida, shuningdek, markaziy vazirlik hamda idoralar rahbariyatida qator o‘zgarishlar yuz berayotgani haqida xabar bergandik. Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Bahodir Yusupov o‘z lavozimidan olingani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter