O‘zbekistonda yuqumli kasallik tarqalgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda qizamiq bilan kasallanganlar soni ortayotganligi to‘g‘risidagi xabar tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rasmiy munosabat berdi.
Qayd etishilicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) kizamiq va qizilcha kasalligi bo‘yicha e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida murakkab epidemiologik vaziyat saqlanib turibdi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, 2022 yil yakuni bo‘yicha dunyo bo‘yicha 155 ming holatda qizamiq kasalligi ro‘yxatga olingan.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida faol olib borilgan epidemiologik surishtiruvlar natijasida, respublikamizda 37 nafar bemorlarda qizamiq kasalligi tasdiqlangan.
Qizamiq kasalligi bo‘yicha murakkab epidemik vaziyatni oldini olish maqsadida, respublikada 2022 yilning 16 noyabr – 30 dekabr kunlari 6 oylikdan – 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qizamiq-qizilchaga qarshi ommaviy emlashlar o‘tkazildi. Emlash tadbirlari natijasida rejadagi 3 355 900 nafar bolalarning 3 303 582 nafari yoki 98.4% emlash bilan qamrab olindi va hozirda ham emlash ishlari davom ettirilmoqda.
«Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish joizki, hozirda respublikamizda kasallikka qarshi barcha zarur profilaktik choralar ko‘rilmoqda, epidemik vaziyat barqaror va to‘liq nazoratga olingan», deyiladi Sanepidqo‘mita xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter